
Isroil Madrimovning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi mumkin?
Isroil Madrimov o‘zining profescional boksda oltinchi jangini o‘tkazish uchun okean ortiga jo‘nab ketdi. U erda Madrimov keyingi jangiga tayyorgarlikni boshlaydi. Hali jang sanasi va raqib bo‘yicha ma’lumotlar oshkor qilinmadi.
Ammo, manbalarning xabar berishiga ko‘ra, jang chempionlik kamari uchun bo‘lishi mumkin. Ushbu super yarim o‘rta vaznda Madrimov WBA reytingida ikkinchi o‘rinda bormoqda va ikkinchi majburiy da’vogar hisoblanadi.
WBA Super jahon chempionlik kamari Xeyson Rosarioga, WBA Regular chempionlik kamari Erislandi Laraga, WBA Gold kamari Maykl Soroga tegishli. Madrimovga taxminan ulardan biri raqiblik qilishi mumkin. Agar, WBA interim ya’ni, vaqtinchalik chempionlik kamari ta’sis etilgan taqdirda Madrimov reytingda birinchi o‘rinda qayd etilgan sobiq jahon chempioni Jarret Xyord bilan ushbu kamar uchun jang o‘tkazishi mumkin. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!
Fikrlar