
Isroil Madrimovning havaskordagi raqibi professional yo‘nalishda debyut qiladi
Osiyo chempioni va jahon chempionati sovrindori qozog‘istonlik Tursunbay Kulaxmet "MTK Global" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi. U o‘zining professional yo‘nalishdagi debyut jangini 18 iyul kuni o‘z vatanida "MTK Kazakhstan" kompaniyasi tashkil etadigan jang kechasida o‘tkazadi. Shu bilan birgalikda ushbu kechada Abay Tolesh (5-0, 3 KO), Dauren Eleussinov (8-0-1, 7 KO), Arman Rysbek (7-0, 8 KOs), Berikbay Nurymbetov (5-0, 1 KO), Nurdos Tolebay (2-0, 1 KO), Ray Seitjanov (2-0) kabi qozog‘istonlik bokschilar ham o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadilar.
Ma’lumot uchun, Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati chorak finalida Kulaxmet va Isroil Madrimov jangida omad Qozog‘iston vakiliga kulib boqqandi.
Fikrlar