Isroil Madrimov: E’tiborim nokautga qaratilmagandi

  • 6 aprel, 2021, 16:58
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina, Milliy Olimpiya qo‘mitasining majlislar zalida 3 aprel sanasida "Humo Arena" sport saroyida ringga ko‘tarilgan bokschilarimiz ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda ushbu jang kechasida ishtirok etgan barcha bokschilar qatnashib, OAV savollariga javob berdi. Isroil Madrimov elkasidan olgan jarohati xususidagi savolga quyidagicha fikr bildirdi:

Tecno

"Avvalo aytib o‘tishim kerak, ushbu jangga 3 hafta tayyorgarlik jarayonini olib bordik. Aslida, jang o‘tkazish niyatimiz yo‘q edi. Orttirilgan jarohat juda og‘ir edi. Doktor operatsiyadan so‘ng, 6 oy o‘tgach mashg‘ulotlarni boshlashim mumkinligini aytgandi. Men esa, 4 oydan keyin mashg‘ulotni boshladim va 5-oyda ringga ko‘tarildim. Bu katta tavakkal edi. Bir kun ichida qaror qabul qilib, AQShga uchib ketdik. 

Mashg‘ulotlarda o‘zimni yaxshi his qilganim uchun murabbiylar ham jang taklifiga rozilik berdi. Shundan so‘ng, menga raqib tanlash jarayoni boshlandi. Ko‘rdingizki, raqib kuchli edi. DAZN bu kabi boks kechalari uchun o‘zi raqiblarni tanlaydi va tabiiyki, ularga ko‘proq qiziqish uyg‘otadigan janglar kerak. Raqib nokautchi edi. Men bu to‘qnashuvdan ulkan tajriba orttirdim. Sababi, oldinda meni 10-12 raundlik chempionlik janglari kutyapti. 

Jang davomida bor e’tiborim nokautga qaratilmagandi. Men mashg‘ulot jarayonida ham to‘liq jangga tayyorlandim. Allohga shukrki, bizni qo‘rqitgan eng katta masala - jarohat bo‘lmadi", - deydi Madrimov. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!