Isroil Madrimov dunyoning eng kuchli 3 ta bokschisi kimligini aytdi

  • 9 iyul, 2024, 09:28
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

O‘rta vaznda (69,9 kg gacha) WBA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni, hamyurtimiz Isroil Madrimov dunyoning ayni damdagi eng yaxshi uch nafar faol bokschisi nomini aytdi.

Tecno

“Hammasi deyarli bir xil, hammasi ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylanishgan. Inoue, Krouford, Usik - men uchun bular eng yaxshi bokschilar. Ular jangdan jangga o‘zgaradi. Keyin Bivol bor, uni ham unutmasligimiz kerak”, — dedi Madrimov BoxTV YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Har uchala bokschi ham ikki vazn toifasida mutlaq chempion. Inoue engil vazn (53,5 kg gacha) va ikkinchi og‘ir vazn (55,3 kg gacha), Krouford - birinchi yarim o‘rta vazn (63,5 kg gacha) va yarim o‘rta vazn (66,7 kg gacha), Usik - birinchi og‘ir vazn (90,7 kg gacha) va o‘ta og‘ir vazn kamari sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!