
Isroil Madrimov Alvares - Jeykobks jangi haqida o‘z fikrini bildirdi
Ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan yurtdoshimiz Isroil Madrimov kecha bo‘lib o‘tgan Alvares - Jeykobks jangi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jang haqiqatda ajoyib bo‘ldi. Hakamlarning qaroriga qo‘shilaman. Saul Alvares hujumda ko‘proq ishladi va ring markazini o‘ziniki qilib olish evaziga ustunlikka erishdi. Haqiqatdan ham "Kanello"da aniq zarbalar ko‘proq edi", – dedi Isroil Madrimov.
Yurtdoshimiz Las-Vegas shahrida kechgan mazkur jangga tashrif buyurib, bahsni bevosita arenadan kuzatib borishga muvaffaq bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, WBC va WBA o‘rta vazn chempionlik kamarlari sohibi Saul Alvares va IBF yo‘nalishi chempioni Deniel Jeykobks o‘rtasidagi jangda hakamlar 115-113, 115-113, 116-112 hisoblari bilan bellashuvni Alvares foydasiga qayd etishgan edi.
Fikrlar