Israel Adesanyaning ertagi qanday tugaydi?

  • 17 avgust, 2024, 19:29
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

41 yoshli amerikalik boshlovchisi, aralash yakkakurashlar bo‘yicha sobiq jangchi Brendan Shaub Israel Adesanya va Drikus du Plessi o‘rtasidagi jangga o‘z prognozlarini berdi. Shuningdek, Israelning kelajakdagi qadamlarini ham taxmin qildi.

Tecno

Adesanyaning karerasi shunday davom etadi: u yakshanba oqshomida Drikus ustidan dominantlik qiladi va bu jangda g‘olib bo‘ladi. Chunki Israel etarlicha dam olgan va endi u charchagan o‘ljaga  emas, aksincha, kuchli ovchi. Dyu Plessini engach, Shon Striklendga qarshi oktagonga chiqib, g‘alaba qozonadi. Keyin Adesanya biroz tanaffus qiladi va yarim og‘ir vanzga ko‘tarilib, Aleks Pereyrani jangga chorlaydi. Bu uning hayotidagi eng muhim va eng so‘nggi jang bo‘ladi. Israel mazkur bahsda ham zafar quchib, MMA tarixidagi eng yaxshi jangchilardan biriga aylanadi. Shu tariqa, uning hikoyasi tugaydi”, — deb Shaub so‘zlarini keltirdi MMA News.

Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi(21-2) va Adesanya(24-3) o‘rtasidagi jang 18 avgust kuni "UFC 305" turnirida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!