
Israel Adesanya: "UFC dagi debyut jangimda oltita raqamdan iborat gonorar olgandim"
Israel Adesanya UFC dagi debyut jangini eslab o‘tdi.
"Debyutim uchun odatdagidan ancha yuqori to‘lashdi, bu miqdor oltita raqamdan iborat edi. Buning ustiga 50 ming dollar bonus ham oldim. Nega bilasizmi? Chunki mening jangim o‘sha turnirning asosiy to‘qnashuvidagi bashdan million karra yorqin va ajoyib edi. O‘sha kechani mening g‘alabam bezab bergandi. O‘shanda barcha menga hayrat bilan qarab qolgandi" - dedi o‘rta vazn toifasida UFC sobiq chempioni.
Eslatib o‘tamiz, Adesanya UFC dagi ilk jangida (2018 yil, fevral oyi) Rob Uilkinsonni 2-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub etgandi.
Fikrlar