
Israel Adesanya "Edvards – Belal" jangida kim g‘olib bo‘lishini aytdi
O‘rta vazn toifasida sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Leon Edvards va Belal Muhammad jangi uchun o‘z taxminlarini bildirdi.
"Belal pressing qobiliyatiga ega, raqibga tez moslasha oladi, ammo menimcha, Muhammad bu safar buni uddalay olmaydi. Leon uni eb tashlaydi. Menda Belalga nisbatan hech qanday salbiy munosabat yo‘q. Shunchaki, Edvards masofani yaxshi his qiladi, shuning uchun unga yaqinlashish juda xavfli. Agar Belal buni unutsa, xavfli vaziyatga tushib qoladi. To‘g‘ri, Muhammad grapplingda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin, ammo Leon ham bu borada ancha mahoratli. Mening taxminim - Edvards ikkinchi yoki uchinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozonadi", - deya Adesanyadan iqtibos keltiradi MMAfighting portali.
Eslatib o‘tamiz, Edvards(22-3-1 N/C) va Muhammad(23-3-1 N/C) o‘rtasidagi jang "UFC 304" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar