
Ispaniya va Germaniya o‘zaro necha bor to‘qnash kelgan?
Bugun "Evro-2024" chorak finali doirasida mezbon Germaniya va Ispaniya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu duel barcha turdagi musobaqalarda bir nechta pretsendentlarga ega.
Germaniya va Ispaniya turnir yarim final yo‘llanmasi uchun kurashadi va ikkala jamoaning yuqori saviyasi vaEvropa chempionatlarida eng ko‘p ishtirok etgan ikki jamoa bo‘lganligi (har birida uchtadan) bo‘lgan qarama-qarshilik ko‘hna qit’ada haqiqiy klassika sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Ispaniya va Germaniya o‘zaro necha marta to‘qnash kelgan?
Ikkala terma jamoaning o‘zaro ilk o‘yini 1935 yila to‘g‘ri keladi. Germaniya maydonida o‘tkazilgan o‘otoqlik o‘yini Langaraning ikkita goli evaziga 2:1 hisobida yakunlangan. Birinchi rasmiy uchrashuv 1966 yilgi Angliyadagi Jahon chempionati guruh bosqichida bo‘lib, unda Germaniya 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. 1935 yilgi o‘yinni hisobga olsak, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida 26 ta o‘yin o‘tkazilgan.
Ispaniya - Germaniya: kim eng ko‘p g‘alaba qozongan?
Statistikalar tengbo‘lishi mumkinmas edi. Eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa 9ta o‘yin bilan Germaniya hisoblanadi. Xuddi shuncha marta o‘yinlar durang bilan yakunlangan va Ispaniya jami 8 marta g‘alabaga erishgan. Agar "qizil furiya" bugungi uchrashuvda g‘alaba qozonsa, oradagi farqni tenglashtiradi.
Agar aynan Evro musobaqalardagi o‘yinlarni o‘zini hisobga olsak, unda Germaniya va Ispaniya 3 marta to‘qnash kelgan hamda unda 2:1 hisobida ispanlar oldinda. Nemislarda ham bu boradagi farqni tenglashtirish uchun qanydir motivatsiya paydo bo‘lgandek.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, futbol muxlislarini bugun juda katta va muhim o‘yin kutib turibdi. Ma’lumot o‘rnida, o‘yin bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
Fikrlar