Islom To‘xtaxo‘jaev o‘ynagan o‘yinda "Al-Garafa" "Al-Sadd"ni mag‘lub etdi

  • 24 avgust, 2022, 00:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatar Yulduzlar ligasida 4-tur legionerimiz – Islom To‘xtaxo‘jaev va uning jamoasi “Al-Garafa” uchun omadli keldi. Boisi, chempionat etakchilaridan biri – “Al-Sadd” maydonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda “Al-Garafa» 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Yaqinda “Al-Garafa” safiga yangi qo‘shilgan legionerlar – Isxak Belfodil va Yasin Braimi tomonidan kiritilgan gollar g‘alaba uchun etarli bo‘ldi. “Al-Sadd”dan Gilermening 72-daqiqada urgan goli faqat hisobni qisqartirdi xolos.

Darvoqe, 29-daqiqada “Al-Sadd” futbolchisi Rodrigo Tabata qizil kartochka tufayli maydonni tark etdi. Ushbu uchrashuvda Andrea Stramachchoni hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jaevga asosiy tarkibdan joy berdi va legionerimiz sariq kartochka bilan ham “siylandi”.

“Al-Garafa” klubi navbatdagi o‘yinini 31 avgust kuni “Al-Ahli Doxa”ga qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!