
Islom Maxachev va Iliya Topuriya jangida kim favorit? UFC sobiq chempioni javob berdi
UFC sobiq chempioni Pyotr Yan tashkilot yulduzlari Islom Maxachev va Iliya Topuriya o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Menimcha, Islom bu to‘qnashuvda favorit. Uning kuchi va tajribasi Iliyanikidan katta. Texnik jihatdan ham Maxachev ustunroq" - dedi Yan.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya "UFC 317" turniridagi so‘nggi jangida braziliyalik Charlmz Oliveyrani nokautga uchratib, tngil vazn toifasidagi vakant kamarni qo‘lga kiritdi.
Fikrlar