Islom Maxachev va Habib Nurmagomedov jamoasi O‘zbekistonga keladi

  • 24 sentabr, 2024, 11:37
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 5-10 noyabr kunlari Toshkent shahri MMA bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Ushbu dunyo birinchiligi poytaxtimizdagi "Xumo" arenasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatiga qiziqish juda yuqori va bir qator mexmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, IMMAF tashkil etilganidan buyon, jahon chempionati ilk bora Osiyo qit’asida ya’ni O‘zbekistonda tashkil etilmoqda. 
Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha jahon chempionati dorirasida yurtimizga UFC chempioni Islom Maxachev va Habib Nurmagomedov komandasi tashrif buyuradi. 

Tecno

Shuningdek, yana bir qator yangiliklar bo‘lishi kutilmoqda. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!