
Islom Abdujabborov: Taktika tomonlama endigina 5-10 foiz narsani maydonda ko‘rsatishni boshladik
O‘zbekistonning eng kuchli media klubi hisoblanmish "FK Anvonted" ayni payt Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan MFL turnirida ishtirok etmoqda. Jamoa guruh bosqichidan so‘nggi turda yirik 7:1 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘rin bilan yarim final bosqichiga yo‘l oldi. "Sports.uz" klub asoschisi Islom Abdujabborov bilan qisqa intervyu tashkil qildi. U jamoaning o‘yin tomonlama o‘sgani, yaqin kelajakda ularni tark etayotgan futbolchisi va mediasi haqida gapirib o‘tdi. Quyida intervyuni o‘qishingiz mumkin:
Siz buyog‘iga o‘yin tomonlama ham rivojlanamiz, deganingizdan keyin, rostan ham jamoa bu borada katta o‘sishga erishdi. Bu qanchalik qiyin bo‘ldi? Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan turnirdan ko‘rinib turibdiki, maydonda bir yil oldingi "Anvonted"dan ancha kuchli jamoa harakat qilyapti.
- Hozir hali ham vaziatdan kelib chiqib, ish olib boryabmiz. Bu narsalarni orqasida qancha mehnat, qancha qiyinchilik yotganini ko‘pchilik tasavvur ham qilolmaydi. Taktika tomonlama endigina 5-10% narsani maydonda ko‘rsatishni boshladik. Bu qisqa muddat ichida juda yaxshi natija deb o‘ylayman. Turnirlardan sal qutilib olsak, yanada ko‘proq ishlashimizga vaqt bo‘ladi.
Shaxriyor Jabborov haqida gapirsangiz, u o‘yindan o‘yinga ochilib boryapti va sport formasi juda zo‘r holatda, Yaqin yillarda biz uni professional futbolda ko‘ramizmi, nima deb o‘ylaysiz?
- Katta ehtimol, Shahriyor bilan bu turnirdan keyin hayrlashamiz. U uchun juda katta media klublar kurash olib bordi. Hozir kelishuvga deyarli erishdik, desak ham bo‘ladi. Bu transferdan futbolchi ham, "Unwanted Boys" ham yutqazmaydigan kelishuv bo‘lmoqda. Uning jamoadan ketish foizi 80-20.
"FK Anvonted" mediasi haqida gapirmoqchi edim. Professional klublarimiznikidan ancha kuchli. Mediangizda nechta odam ishlaydi va bunga qanchalik ko‘p pul sarflanadiki, superliga klublarimiz u pullarni sarflashni xohlashmaydi, yokida sarflay olishmaydi. Bu borada jamoalarimizga qanday maslaxatlar bera olasiz?
- Superliga jamoalarini yomonlash niyatim yo‘q, bizni yo‘nalish sal boshqacha va ularga faqat omad tilab qolaman. "Anvtonted"ga keladigan bo‘lsak, futbolchilardan tashqari jamoa strukturasida 10-15 kishi ish olib boradi. Bu erda gap pulda ham emas, eng asosiysi kerakli joyga kerakli odamni qo‘yish. Men ko‘proq yoshlarga tayyangan holda jamoamni yoritib boraman. Ko‘zi yongan bolani ko‘rsam, shu zahoti komandaga tortaman va bir birimizni hayotimizni yanada go‘zal qilishga harakat qilamiz. Hozirgi kunda media eng muhim narsa. Shunda ham ayni paytda "Unwanted" bu tomonlama barcha xohlagan narsalarimni qimoqda, deb aytolmayman. Ozgina vaqt va haqiqiy media qanaqa bo‘lishini ko‘rsatamiz.
Jahon chempionati haqida ikki og‘iz: Tabiiyki, u erda dunyoning eng kuchli media klublariga qarshi o‘ynadinglar va menimcha, ko‘p narsalarni o‘zingiz uchun kashf qilib keldingiz. "Anvonted"dan yaqin kelajakda katta yangiliklar kutsak bo‘ladimi?
- To‘g‘risini aytsam, Jahon chempionatidan beri hali ham bir o‘tirib, tartib bilan ish olib borish uchun reja tuzishga vaqt bo‘lmadi. U erda juda va juda ko‘p narsalarni o‘rganib keldim. Nasib qilsa sekin sekin yaxshilashib boramiz.
Fikrlar