Irlandiyalik bokschi oilasi uchun jahon chempionligidan voz kechmoqchi!

  • 3 fevral, 16:42
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

IBF yo‘nalishi bo‘yicha ikkinchi yarim engil vazn toifasida jahon chempioni, irlandiyalik Entoni Kakache (23-1, 8 KO) oilasiga moddiy yordam bera oladigan mashhur raqiblar bilan jang qilish uchun chempionlik unvonidan voz kechganini aytdi.

Tecno

“Jahon chempioni bo‘lish orzuim ro‘yobga chiqdi va aql bovar qilmaydigan faxr lahzalarini boshdan kechirdim. Biroq, faoliyatimning ushbu bosqichida menga pul keltiruvchi katta janglarni xohlayman. Maqsadim - oilamning kelajagini ta’minlash. Keyingi jangimni intizorlik bilan kutyapman" - deb yozadi irlandiyalik ijtimoiy tarmoqlarda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!