
"Inter"ning futbolchi va murabbiylari "Kalyari"ga qarshi bahsdan so‘ng, jurnalistlar bilan gaplashishmadi
"Inter" Italiya A Seriyasining 21-turida "Kalyari" (1:1) bilan durang o‘ynadi.
O‘yindan keyin klub futbolchilari va murabbiylari shoshilib stadiondan chiqib, matbuot bilan aloqa qilishdan bosh tortishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Antonio Konte va uning yordamchilari Janluki Manganelli boshchiligidagi hakamlar guruhi bilan tajovuzkor tarzda gaplashishgan.
Eslatib o‘tamiz, uchrashuvning 94-daqiqasida bellashuv bosh hakami tomonidan Lautaro Martines avval olgan sariq kartochkasidan norozi bo‘lib, e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatildi.
Fikrlar