"Inter" Xorvatiya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi

  • 6 iyun, 2019, 23:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Ante Rebich mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin.

Tecno

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli xorvatiyalik futbolchi “Inter”ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Milanliklar unga soliqlardan tashqari yiliga sof 4 mln evro maosh va’da qilishmoqda.

“Neradzurrilar” uni jamoadan ketishi mumkin bo‘lgan Ivan Perishicha munosib o‘rinbosar bo‘lishiga ishonishmoqda.

Ma’lumot uchun, Rebich o‘tgan mavsum “Ayntraxt” safida jami 41ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!