“Inter” Shomurodovning super goliga munosabat bildirdi

  • 15 aprel, 2024, 15:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriyaning 32-turida navbatdagi chempionligiga tobora yaqinlashib kelayotgan “Inter” futbolchilari yuqori diviziondagi joyini saqlab qolish uchun kurashayotgan “Kalyari”ni qabul qildi.

Tecno

Mezbonlar ikki marotaba hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa-da, sardiniyaliklar bilan ochko bo‘lishiga to‘g‘ri keldi.

O‘yin qahramonlaridan biri Eldor Shomurodov bo‘ldi. Legionerimiz uchrashuvning ikkinchi yarmida hisobni tenglashtirib, taslim bo‘lish arafasida turgan  jamoasini yana kurashga qaytardi.

“Kalyari”ning ikkinchi golini esa, zaxiradan maydonga tushgan Nikolas Viola kiritdi – 2:2.

“Inter” bosh murabbiyi Simone Indzagi o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashib, Eldor Shomurodov urgan golga munosabat bildirdi.

- Bizga qarshi hech qachon taslim bo‘lmaydigan “Kalyari” to‘p tepishini bilardik. Ular juda zo‘r o‘yin o‘tkazishdi. Biz “Kalyari”ning qarshi hujumlari “qurboni” bo‘ldik. Muxlislarimizga achindim. Endi chempionlik yo‘lidagi kerakli ochkolarni boshqa o‘yinlarda olishga urinib ko‘ramiz.

Aslida ko‘p gol o‘tkazmaymiz. Lekin Eldor Shomurodov to‘p kiritgan vaziyatda darvozamizni puxtaroq himoya qilishimiz shart edi. “Kalyari” himoyani ocha oladigan va  yaxshi hujum uyushtira oladigan hujumchilarga ega ekanini alohida ta’kidlashni istardim.

“San-Siro” arenasida ajoyib uchrashuv o‘tkazgan “Kalyari”ni tabriklayman. Lekin o‘zimiz bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislar ko‘z o‘ngida g‘alaba qozona olmaganimizdan afsusdaman. Biz har doim g‘alaba uchun o‘ynaymiz va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Oldimizda yana oltiti o‘yin va 18 ochko bor. Shu bois, taslim bo‘lish yaramaydi. Biz Shomurodov gol urgan holatga o‘xshash vaziyatlardagi harakatlarimizni takomillashtirishimiz kerak. Uzoq masofadan uzatilgan pas darvozamizning ishg‘ol etilishiga olib keldi.

Endi “Milan” bilan bo‘ladigan derbiga tayyorgarlik ko‘ramiz. Biz uchun bo‘lajak derbining ahamiyati beqiyos, - dedi Simone Indzagi.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsumda A Seriyadagi uchinchi golini urdi. Bundan tashqari, legionerimiz hisobida uchta assist ham bor.

Fayzullaev kuchli ligaga ketadi!

Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?

Husanov g‘alabani ta’minladi, unga to‘qnash kelganlar devorga urilgandek bo‘ldi!

Husanov eng zo‘rlar qatorida “Golden Boy – 2024” sovriniga da’vogar!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!