
"Inter" safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi
Italiya chempionati 7-turidan o‘rin olgan "Sassuolo" - "Inter" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda amaldagi chempion qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi.
Bahsning 22-daqiqasida Berardi penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqada Jeko muvozanatni tikladi. 78-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon penalti belgilandi va Lautaro 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, "neradzurri"ga g‘alaba taqdim etdi.
Ushbu natijadan keyin "Inter" ochkolari sonini 17 taga etkazgan holda, A Seriya turnir jadvalida "Milan"dan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ldi. 7 ochkosi o‘zgarmay qolgan "Sassuolo" hozirda 12-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar