"Inter" muxlislari Ikardini jamoadan ketishini talab qilishmoqda

  • 2 aprel, 2019, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Milanning “Inter” klubi ishqibozlari rahbariyatga argentinalik hujumchi Mauro Ikardini jamoadan ketishini talab qilib murojaat qilishmoqda.

Tecno

“Ikardi sardorlik bog‘ichiga munosib emasligini barcha ko‘rdi deb o‘ylaymiz. Shu bois klub rahbariyatidan unga nisbatan chora ko‘rishni va uni jamoadan yo‘qotishini so‘raymiz. Mavsum xavf ostida”, - deb yoziladi muxlislar bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Ikardi ertaga bo‘lib o‘tadigan “Jenoa”ga qarshi bahsda maydonga tushishi haqida xabar berilgan edi.

Ma’umot uchun, 26 yoshli futbolchi so‘nggi bor 9 fevral kuni “Parma”ga qarshi o‘yinda ishtirok etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!