
"Inter" himoyachisi "Barsa"ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi
"Inter" himoyachisi Benjamin Pavar tez orada maydonga qaytadi. Frantsiyalik futbolchi "neradzurrilar"ning "Verona" (1:0) va "Barselona"ga (3:3) qarshi so‘nggi ikki o‘yinini o‘tkazib yubordi.
Simone Indzagi yordamchisi Massimiliano Farrisning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi 6 may kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi yarim finalining bo‘lajak javob o‘yinida maydonga tushishga tayyor.
"Pavar bizga seshanba kuni "Barselona"ga qarshi o‘ynashga tayyor ekanligini aytdi. Biz vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va o‘yin boshlanishidan oldin bir qarorga kelamiz", - deydi Farris.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" - "Barselona" o‘yini 6 may kuni soat 00:00da start oladi.
Fikrlar