
"Inter" Beylni ijaraga olmoqchi
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl yangi mavsumni ijara asosida "Inter"da o‘tkazishi mumkin. Bu haqda SportMediaset nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 29 yoshli uelslik futbolchi shaxsiy shartnoma bandlarini muhokama qilish uchun “neradzurrilar” rahbariyati bilan uchrashgan.
Ma’lumot uchun, Beyl o‘tgan mavsum La Ligada 29ta o‘yinda maydonga tushdi va 8ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar