
"Inter" Aspilikueta va Nachoning transferi bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi
Milanning “Inter” klubi mavsumlar oralig‘ida o‘z tarkibini sezilarli tarzda kuchaytirmoqchi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar”ning yangi bosh murabbiyi Antonio Konte yangi jamoasiga “Chelsi”dagi sobiq shogirdi Sesar Aspilikuetani olib kelmoqchi.
Bundan tashqari “Inter” rahbariyati “Real” himoyachisi Nacho Fernandesning transferi masalasida ham so‘rov yuborgan.
“Neradzurrilar” shuningdek 30 iyun kuni “Tottenxem” bilan shartnomasi yakunlanadigan va erkin agentga aylanadigan hujumchi Fernando Lorenteni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishmoqda.
Fikrlar