Inesta faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin

  • 21 dekabr, 2019, 14:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik mashhur yarim himoyachi Andres Inesta faoliyatini Argentina chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Sport.es nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 35 yoshli futbolchi ayni damda “Estudiantes” klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.

Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoani ayni damda Inestaning “Barselona”dagi sobiq jamoadoshi Gabriel Milito boshqarmoqda. Qolaversa, “Estudiantes” yaqinda “ko‘k-anor ranglilar”ning sobiq a’zosi Xaver Maskerano bilan ham shartnoma imzolashgan edi.

Ma’lumot uchun, Inesta mavsumni Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida davom ettirmoqda. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol hamda 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!