
Ilyos Zeytullaev: "O‘yinchilarimning harakatlaridan roziman"
Superliganing 1-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Neftchi” (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.
"Juda qiziqarli o‘yin guvohiga aylandik. Qaysidir daqiqalarda biz, ayrim vaziyatlarda raqib yaxshiroq ko‘rindi. Umumiy ma’noda shogirdlarim o‘z vazifasini yaxshi bajardi. Bu yil medallar uchun kurashadigan, mamlakatimizning eng kuchli jamoasiga qarshi mavsumning birinchi o‘yinini yomon o‘tkazmadik.
Aytganimdek, “Neftchi” kuchli jamoa. Shuning uchun o‘yindan qoniqdim. Bugun maydonda to‘p surgan barcha o‘yinchilarning harakatlaridan roziman! Ular mehnat qilishdi, futbol o‘ynashdi. Bizda ahil kollektiv yig‘ilgan. “Bunyodkor” esa tarixiy jamoa. Biz o‘sha tarixiy jamoaning bir bo‘lagi bo‘lish uchun asta-sekinlik bilan shakllanayapmiz, o‘yinimizni “quryapmiz”. Muxlislar stadionga tashrif buyurishini uchun harakat qilishda davom etamiz".
Fikrlar