Ilyos Zeytullaev: "Eng qiyin o‘yinni kelasi turda o‘tkazamiz"

  • 29 aprel, 05:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 7-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” - OKMK jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mezbonlar ustozi Ilyos Zeytullaev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Qiziqarli, tomashabop, vaziyatlarga boy o‘yin guvohiga aylandik. Birinchi bo‘lim bizning ustunligimizda o‘tgandir, ammo tanaffusdan so‘ng mehmonlar klass namoyish qildi. Ular medallar uchun kurashayotgan jamoa, buni bugun isbotladi. Men futbolchilarni va bizni qo‘llab-quvvatlagan barchani tabriklayman! Ayniqsa, turdan-turga soni ko‘payib borayotgan muxlislarimizga ham rahmat aytaman!

Gol o‘tkazmayotganing yaxshi qo‘ng‘iroq, bu yigitlarga g‘oliblik ruhiyatini beradi. Albatta kam gol o‘tkazayotganimiz himoyachilar bilan bog‘liqdir, ammo bu erda hujumchilarning mehnatini ham e’tirof etish kerak.

Biz o‘yindan-o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz. Eng qiyin uchrashuvimizni kelasi tur “Qo‘qon-1912”ga qarshi o‘tkazamiz. Boisi, bugungi g‘alabadan so‘ng navbatdagi bahsga ruhan tayyorlanish osonmas. Haqiqiy jamoa bu kabi bellashuvlardan so‘ng navbatdagisiga odatiy tarzda tayyorlanadi", - deydi Zeytullaev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!