Ilyos Zeytullaev: "Endi ko‘zlarimizni kattaroq ochib keyingi uchrashuvlarga tayyorlanishimiz kerak"

  • 27 may, 2024, 00:33
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“So‘g‘diyona” – “Bunyodkor” (4:0) o‘yinidan keyingi matbuot anjumanida dastlab mehmonlar ustozi Ilyos Zeytullaev fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

- Bunday mag‘lubiyatdan keyin nimadir deyishga ham hayronman. 10-15 daqiqa davomida o‘zimizga kelishimiz qiyin bo‘ldi. Ko‘p narsaga o‘zimni javobgarligimni his qilaman. Qaerdadir qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydik. Balki futbolchilar ham ruhiy tomondan to‘liq tayyor emasdirlar. Bunday xatolar ustida ishlashga va bunday vaziyatdan chiqib ketish chorasini ko‘rishga harakat qilamiz.

- “Nasaf” bilan durang bo‘ldi, “Lokomotiv”ni yutdinglar. Futbolchilarda jismoniy kuch qolmaganidan balki bugun yirik hisob kuzatildimi?

- Jismoniy holatimiz ta’sir qildi, demagan bo‘lardim. O‘ylashimcha, oldingi uchrashuvlarga nisbatan yomon o‘ynamadik. Birinchi golni o‘tkazganimizdan so‘ng o‘zimizni biroz yo‘qotib qo‘ygandek tutdik. Raqib jamoada tezkor futbolchilarning ko‘pligi hisobiga kerakli joylarimizni yopishga qiynaldik va kech qoldik. Ushbu xatolarimizni to‘g‘rilashga harakat qilamiz. Endi ko‘zlarimizni kattaroq ochib, keyingi uchrashuvlarga tayyorlanishimiz kerak. Bunday natijalarni takrorlashga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. O‘yinchilarimiz “Nasaf”, “Lokomotiv” kabi uchrashuvlarda o‘zlarini ko‘rsatishdi. Navbatdagi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq o‘ynab natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. Bu – futbol. Unda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman. Ular yaxshi o‘yin namoyish etishdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!