
Iliya Topuriya va Maks Xollouey jangi qanday maqomda bo‘lishi ma’lum!
Taniqli insayder va jurnalist Ariel Xelvani MMAFightingonSBN nashriga bergan intervyusida Iliya Topuriya (14-0) va Maks Xolluey (25-7) engil vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempionligi uchun jang qilishi mumkinligini aytdi.
“Agar Volkanovski (26-2) Islom Maxachevga yutqazsa, Topuriya Xollouey bilan jang qiladi. Aleks biroz tanaffus olishga majbur bo‘ladi. Agar tanaffus uzoq davom etsa, jang yarim engil vazn (65,8 kg) toifasida vaqtinchalik chempionlik unvoni uchun bo‘lishi mumkin”, - dedi Xelvani.
Eslatib o‘tamiz, Volkanovski qisqa vaqt ichida Islom Maxachev(24-1) bilan revansh jangiga rozi bo‘lgandi. Katta ehtimol bilan Topuriya va Xollouey jangi 20 yanvar kuni “UFC 297” turnirida jang qilishi mumkin.
Fikrlar