Iliya Topuriya birdaniga uch kamarga ega chiqmoqchi

  • 23 oktabr, 2024, 13:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Yarim engil vazn(66 kg)da amaldagi UFC chempioni Iliya Topuriya keyingi uch yildagi maqsadlari haqida gapirdi.

Tecno

"Ehtimol, siz meni yarim o‘rta vazn uchun kuchsiz deb o‘ylarsiz, ammo bir kun kelib, yarim engil vazndagi kamarimga qo‘shimcha ravishda engil va yarim o‘rta vazndagi unvonlarni ham qo‘shaman. Bu mening keyingi 3 yildagi maqsadim", - deya Topuriyaning so‘zlarini keltirdi "MMA Fighting".

Eslatib o‘tamiz, Iliya (15-0) navbatdagi jangini 26 oktyabr kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan "UFC 308" turnirida o‘tkazadi. Unga amerikalik jangchi Maks Xollouey (26-7) raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!