
Ilhom Mo‘minjonov yangi mavsum uchun "Neftchi"ning tayyorgarlik rejasini ishlab chiqdi
Yangi mavsumda Superligada to‘p suradigan "Neftchi" jamoasi bellashuvlarga tayyorgarlik rejasini belgilab oldi. Rejaga ko‘ra, yangi mavsumga tayyorgarlik ishlari 3 bosqichda amalga oshiriladi.
6 yanvardan boshlanadigan 1-bosqichda Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari Toshkentda yig‘ilib, mashg‘ulotlarga kirishadilar. Bu jarayon 17 yanvargacha davom etib, orada bitta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
20 yanvardan 10 fevralgacha davom etadigan 2-bosqichni farg‘onaliklar Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazishadi. Bu bosqichda tayyorgarlikning muhim qismi sifatida 4 ta nazorat uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Toshkent va Turkiyada mashg‘ulot hamda nazorat o‘yinlarini o‘tkazadigan "Neftchi" jamoasi mavsumga tayyorgarlikning 3-bosqichini Farg‘onada davom ettiradi. Bu bosqichlar jarayonida jamoaga qabul qilingan yangi futbolchilarning nimaga qodir ekanliklari va jamoaning mavsumga tayyorgarlik darajasiga baho beriladi.
“Neftchi” matbuot xizmati.
Fikrlar