
Ikkala o‘yinda ham raqibini enga olmagan "Milan" Evropa ligasining chorak finaliga chiqdi (video)
UEFA Evropa ligasining 1/16 final javob bahsida “Milan” o‘z maydonida “Tsrvena Zvezda”ni qabul qildi.
“San Siro”da kechgan o‘yinda kuchlar teng keldi – 1:1. Dastlab, 9-daqiqada Frank Kesse o‘z goli bilan “rossonerilar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 24-daqiqada El-Fardu Ben-Nabuxan hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa mehmondagi o‘yinda 2 ta gol urgan “Milan” chorak finalga yo‘l oldi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar