
Ikardi: PSJ - men o‘ynagan faoliyatimdagi eng zo‘r jamoa
PSJ klubi forvardi Mauro Ikardi kecha Frantsiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan “Marsel”ga (4:0) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Men o‘z gollarimdan va g‘alabadan qoniqdim. Men faoliyatim davomida buyuk chempionlar bilan bir jamoada o‘ynadim. Ammo, PSJ men o‘ynagan eng zo‘r jamoa. Bu erda o‘zimni juda yaxshi his qilyapman va yanada ko‘proq gol urishim mumkin”, - deydi argentinalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ikardi asli “Inter” futbolchisi hisoblanadi, mavsumni esa PSJda ijara asosida o‘tkazmoqda. U joriy mavsum parijliklar safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar