Igor Sergeev Tiago Bezerra va Dragan Cherandan oldinda

  • 4 noyabr, 2020, 13:53
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

5 noyabr kuni Superliga 18-turidan qoldirilgan "Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor" matbuot xizmati Toshkent derbisida eng ko‘p gol urgan futbolchilar haqida ma’lumot taqdim etdi.

Tecno

Derbilarda eng ko‘p gol urgan o‘yinchi Igor Sergeev bo‘lib turibdi. Igor hozirgacha 8 marta "Bunyodkor" darvozasini ishg‘ol qilgan. Braziliyalik Tiago Bezerra esa 5 bor "qaldirg‘ochlar" darvozasiga gol urgan. Doston Hamdamov hisobida esa 4 gol mavjud. U 3 golini "Bunyodkor" va bir to‘pini "Paxtakor" uchun kiritgan. Doston har ikki jamoa uchun gol urgan yagona futbolchi sanaladi.

Jamshid Iskanderov va Dragan Cheran esa 3tadan to‘p muallifiga aylangan.

"Bunyodkor" bilan o‘zaro o‘yinlar to‘purarlari
8 - Igor Sergeev
5 - Tiago Bezerra
4 - Doston Hamdamov
3 - Jamshid Iskanderov, Dragan Cheran.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!