
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘yinda jamoasi "Rubin"ni taslim qildi (video)
Rossiya premer-ligasining 10-turida hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev harakat qiladigan “Nijniy Novgorod” safarda “Rubin” mehmoni bo‘ldi.
“Kazan Arena”dagi o‘yin 0:1 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni Nikolay Kalinskiy (61') kiritdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bahsni asosiy tarkibda boshladi. Afsuski, jarohat tufayli u 73-daqiqada zaxiraga olindi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar