
Ibragimovich yana APLga qaytishi mumkin
AQShning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi forvardi Zlatan Ibragimovich faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda Daily Express nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 38 yoshli shvetsiyalik futbolchining xizmatlariga “Everton” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar unga yiliga 4,75 mln evro maosh to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovichning AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Unga shuningdek “Milan” va “Napoli” klublari ham xaridor.
Aytish kerakki, Ibragimovich uchun APL begona emas. U 2016-2018 yillarda "Manchester Yunayted" safida to‘p surgan.
Fikrlar