
Ibragimovich "Milan"ga o‘tishga rozilik berdi
Shvetsiyalik mashhur hujumchi Zlatan Ibragimovich tez orada "Milan" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda ANSA nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 38 yoshli futbolchi Italiya A Seriyasiga qaytishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “rossonerilar” bir necha haftadan buyon Zlatan bilan muzokaralar o‘tkazishayotgani, ammo, murosaga kela olishmayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Ibragimovich ayni damda “Los Anjelas Gelaksi” klubi a’zosi hisoblanadi. Biroq, uning AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar