
Ibragimovich: "Materatstsini kasalxonaga yuborishni to‘rt yil kutdim"
Bir muddat oldin Italiyaga yo‘l olishni e’lon qilgan shvetsiyalik hujumchi Zlatan Ibragimovich Marko Materatstsi bilan bog‘liq bo‘lgan vaziyatni eslab o‘tdi.
"Yuve" bilan "Inter"ga qarshi to‘p surganimizda Materatstsi menga jarohat etkazdi. Og‘riqdan o‘yinni davom ettira olmadim. Bu 2006 yilda yuz bergan edi. So‘ng men "Inter", "Barselona" va keyinroq "Milan" o‘tdim.
2010/11 mavsumdagi dastlabki derbida Materatstsi qo‘polligidan so‘ng penalti ishlab oldim. "Milan" oldinga chiqib oldi. Ikkinchi taymda u menga yaqinlashdi, men esa unga taekvando uslubida zarba berdim va uni kasalhonaga yubordim. O‘yindan so‘ng Deyan Stankovich mendan nima uchun bunday qilganimni so‘radi, men esa buni to‘rt yil kutganligimni aytdim", - deydi Ibragimovich.
Materatstsi esa Ibragimovichning so‘zlariga kinoya bilan javob berdi va Instagram sahifasisha 2009/10 mavsumidagi "Inter" bilan erishgan Chempionlar ligasi unvoni bilan tushgan rasmini joyladi. O‘shanda "Inter" "Barselona"dan o‘tib turnir g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.
"Rahmat Ibragimovich, sensiz bunga erisha olmas edik", - deya yozib qoldirgan italiyalik.
Fikrlar