Ibragimovich A Seriyada faoliyatini davom ettirishini ma’lum qildi

  • 4 dekabr, 2019, 10:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Los-Anjeles Gelaksi" hujumchisi Zlatan Ibragimovich faoliyatini Italiyada davom ettirishini haqida xabar berib o‘tdi. Shvedning klub bilan shartnomasi 2020 yil boshida yakuniga etadi va u erkin agent sifatida boshqa klub tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

Tecno

"Men yana g‘alabalar yo‘liga tushib olish niyatida bo‘lgan klubga borib qo‘shilaman. Bu jamoa o‘z tarihini qaytarishi kerak. Aynan mana shu sabab bilan menda muhlislarni hayron qoldirish uchun xohish paydo bo‘ladi.

Klub tanlashda oilam qiziqishlarini ham hisobga olaman. Tez orada Italiyada ko‘rishamiz," - deya aytib o‘tdi Ibragimovich.

Shvetsiyalik hujumchi "Milan" libosida 2010 yildan 2012 yilgacha to‘p surgan. Ushbu klub tarkibida 85 o‘yinda 56 ta gol kiritishni uddalagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!