"I GM Javohir Sindarov kubogi" boshlanishiga 5 kun qoldi

CHERY AUTO

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan "Yoshlar Oromgohi"da 15-22 iyul kunlari shaxmat bo‘yicha mamlakatimizning eng yosh grossmeysteri Javohir Sindorov kubogi uchun xalqaro turnir o‘tkaziladi. 

Tecno

"I GM Javohir Sindarov kubogi" musobaqasi O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ittifoqi markziy kengashi, "Shatranj" Respublika ixtisoslashgan o‘quv-metodik sport markazi tomonidan o‘tkazilmoqda. Unda hamyurtilarimizdan tashqari qozog‘istonlik shaxmatchilar ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Musobaqa "A" va "B" guruhga bo‘lingan holda o‘tadi. "A" guruhida 20 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar g‘oliblik uchun kuch sinashasa, "B" guruhida 14 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar bosh sovrin uchun dona suradilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abdulloh Mirzaahmedov
10/07/2019 17:44
"I AM Javohir Sindarov" kubogi bo'ladi muharrirlar????