
Hushxabar. Boks 2028 yilgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi!
Boks rasman yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi.
Boks Los-Andjeles-2028 yozgi Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin oladigan bo‘ldi. Bu haqida Gretsiyada o‘tayotgan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 144-Sessiyasida rasman e’lon qilindi.
Bellashuvlar "World Boxing" tashkiloti tomonidan o‘tkaziladi.
Bu haqda O‘Zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar