Husanovning ustozi xushxabar eshitdi

  • 2 iyul, 16:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Nufuzli manbalardan biri – Give me Sport  ekspertlari jahondagi eng kuchli futbol murabbiylari reytingini tuzib chiqdi.

Tecno

Unga ko‘ra, birinchi o‘ringa  “Manchester Siti”ni 2016 yildan beri boshqarib kelayotgan ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola loyiq ko‘rildi. Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov ayni paytda Gvardiola qo‘l ostida to‘p tepyapti.

Yangi reytingda ikkinchi pog‘onadi yana bir ispaniyalik murabbiy Luis Enrikega nasib qildi. Yakunlangan mavsumda bu mutaxassis “Pari Sen-Jermen”ni klub tarixida ilk bor Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirdi.

Kuchli uchlikni Angliyaga kelishi bilan debyut mavsumining o‘zida “Liverpul”ni Premer-liga g‘olibiga aylantirgan Arne Slot yakunlab berdi.

Bu uch murabbiydan tashqari “top-10”ga Simone Indzagi, Karlo Anchelotti, Xans-Diter Flik, Antonio Konte, Xabi Alonso, Diego Simeone va Mikel Arteta kiritildi.

Qizig‘i shundaki, reytingda eng yuqori pog‘onani band etgan Xosep Gvardiola yakunlangan mavsumda o‘z jamoasi bilan birorta sovringa erisha olmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!