
Husanovning jamoadoshi APL rekordini o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining 26-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida “Liverpul” futbolchilaridan 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Shunga qaramay, bu bahs “shaharliklar” hujumkor futbolchisi Jeremi Dokuning yodida qoladigan bo‘ldi. Abduqodir Husanovning jamoadoshi shu kuni liga rekordini o‘rnatdi.
22 yoshli belgiyalik futbolchi “Liverpul” himoyachilarini 20 ta urinishdan 15 tasida aldab o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich yangi natija sifatida qayd etildi.
Avvalgi rekord “Lester” vakili Issaxak Fatavga tegishli bo‘lib, u noyabr oyida “Manchester Yunayted” himoyachilariga nisbatan 12 marta driblingni muvaffaqiyatli amalga oo‘irgan edi.
Jeremi Doku “Anderlext” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Orada uch yil Frantsiya chempionatida “Renn” sharafini himoya qilgan. “Manchester Siti” chap qanot hujumchisini 2023 yilning yozida 60 million evroga transfer qilgan edi.
Fikrlar