Husanovni o‘ynatmayotgan Gvardiola fantastik g‘alaba haqida gapirdi

  • 23 aprel, 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining 34-turida mamlakatning amaldagi chempioni “Manchester Siti” o‘z maydonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri raqiblaridan hisoblangan “Aston Villa”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

G‘alaba to‘pini uchrashuv yakunlanishi arafasida Ruben Diash kiritdi. Abduqodir Husanov yana zaxirada qoldirildi.

Qiyin g‘alabadan keyin Xosep Gvardiola o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.                                                                                    

- Juda baxtiyorman. Biz chempionatning oxirgi to‘rtta uchrashuv ostonasida turibmiz va Chempionlar ligasi uchun kurashyapmiz. Agar oldindagi to‘rtala uchrashuvda zafar quchsak, mavsumning eng muhim masalasini hal qilgan bo‘lamiz.

Bu galgi raqibimiz “Aston Villa”ning juda kuchli jamoaga ekanini anglash uchun juda katta aql bo‘lishi shart emas. Bu oddiy jamoa emas, biz ham avvalgi davrlardagidek borimizni berib o‘ynadik, - dedi Xosep Gvardiola.

Bu g‘alabadan keyin “shaharliklar” jamg‘argan ochkolari sonini 61 taga etkazib oldi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!