Husanov “Lans”ni tark etdi...

  • 22 aprel, 2024, 16:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuchli beshlik chempionatlaridagi ikki vakilimizdan biri – Abduqodir Husanov Osiyo kubogi va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashda O‘zbekiston U-23 terma jamoasiga yordam beradigan bo‘ldi.

Tecno

Timur Kopadze boshqarayotgan terma jamoa oldiga qit’a miqyosidagi musobaqada sovrinli o‘rinlar uchun kurashish va o‘zbek futboli tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinchilari litsenziyasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan.

Qatar mezbonlik qilayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar ishtirokidagi Osiyo kubogida dastlabki uchta o‘rinni egallagan terma jamoalar Parijga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l oladi. To‘rtinchi o‘rin sohibi Afrika qit’asi vakili Gvineya bilan o‘tish uchrashuvida o‘zaro to‘qnash keladi.

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi futbolchilari guruh bosqichini muvaffaqiyatli boshlab, muddatidan oldin pley-offga chiqdi.  “D” guruhidan joy olgan vakillarimiz dastlabki ikki o‘yinda Malayziyani 2:0, Kuvaytni 5:0 hisobida dog‘da qoldirib, 23 aprel kuni Vetnamga qarshi bahs oldidan guruh peshqadamiga aylandi.

O‘zbekiston terma jamoasi rahbariyati legioner futbolchilarimizni safga qo‘shish uchun ular o‘ynayotgan klublar bilan muzokara qilishiga to‘g‘ri keldi. Nihoyat, “Lans” mutasaddilari ham Abduqodir Husanovni terma jamoaga kuzatib qo‘ydi.

Bu haqida lensois.com sayti eksperti Eloiza De Mester axborot berdi.

- O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogidagi qatnashadigan terma jamoaning yakuniy ro‘yxatini e’lon qilgandi. Tarkibga Evropada o‘ynayotgan bir necha o‘yinchilar kiritilgan. Xususan, “Lans” vakili Abduqodir Husanov ham. Ayrim o‘yinchilar klublari qo‘yib yuborganidan keyin terma jamoaga kechroq qo‘yiladigan bo‘lgan.

Yosh himoyachi Abduqodir Husanov “Lans” safida qolayotgan edi.  Kuni kecha “Klermon”ga qarshi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida kuzatdi, lekin maydonga tushmadi.

Husanov terma jamoaga borgunicha, yosh o‘zbekistonliklar chorak final masalasini hal qilib bo‘ldi.

Endi Husanov “Lans”ni tark etib, Qatarga otlanadi va terma jamoa safiga qo‘shiladi. Buni klub ham tasdiqladi.

“Lans” qo‘yib yuborgan himoyachi Osiyo kubogi  yakunlangunga qadar terma jamoa ixtiyorida bo‘ladi.

Osiyo kubogining yarim finali 29 aprelga, uchinchi o‘rin uchun bahs 2 mayga va final 3 mayga belgilangan. Husanov kamida “Marsel” qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishi aniq, - deb yozdi Eloiza De Mester.

Ma’lumki, Abduqodir Husanov Frantsiya vitse-chempioni “Lans” safiga 2023 yilning yozida Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan ko‘chib o‘tgan edi. Joriy mavsumda iqtidorli himoyachimiz  Frantsiya chempionatida maydonga tushgan ilk o‘zbek futbolchisi bo‘ldi.

Bundan tashqari, Husanov UEFAning ikki eng nufuzli turniri - Chempionlar ligasi va Evropa ligasidagi debyutlarini nishonladi.

Fayzullaev terma jamoa uchun TsSKAni “qurbon” qildimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдухаликов Мухаммад
22/04/2024 14:18
А.Хусанов га эхтиёткорлик ва олимпиячиларга омад