Husanov Evropada transfer qarashlarini o‘zgartirdi

  • 12 oktabr, 2024, 00:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlar Evropa futbolining eng muhim bo‘lagi hisoblanadi. Grand klublar o‘zlariga kerakli o‘yinchi transferi uchun har qanday summa tikishga tayyor. Odatda, maoshlar ham shunga yarasha belgilanadi.

Tecno

Ba’zi bir futbolchilarning transfer narxi butun bir jamoanikidan qimmat bo‘lishi ham tabiiy holga aylangan. Bunga Erling Xoland, Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Vinisius Junior kabi qimmatbaho o‘yinchilarni misol qilish mumkin.  

Biroq “Top-5” ligalarida ham “ko‘rpasiga qarab oyoq uzatadigan” va “cho‘ntagiga qarab xarajat” qiladigan klublar ko‘p.

Bunday klublar asosiy e’tiborini dunyoning turli nuqtalaridan iste’dodli va yuqori salohiyatga ega yosh o‘yinchilarni qidirib topishna qaradi, ularni o‘zlari uchun qulay summaga olib keladi va ma’lum muddat o‘ynatib, nomini chiqaradi va bir necha baravar qimmatiga sotib yuboradi.

Bu moliyaviy imkoniyati chegaralangan klublar uchun byudjetni kengaytirish, daromadni oshirish va xarajatlarni qoplashning eng maqbul usulidir.

Ayni paytda Evropada “Lans”ning ikki transferi muhokamalar nishoniga aylandi. Bu haqda jeunesfooteux.com sayti eksperti Loik Jego quyidagi tahlilni keltirdi.

- “Lans” kamxarj futbolchilar bilan ham yaxshi natijalarga erishishi mumkinligini ko‘rsatdi. 2023 yilning yozida lansliklar Abduqodir Husanov va Nil El-Aynauini o‘z safiga qo‘shib olgandi.

El-Aynaui o‘tgan mavsum kashfiyoti bo‘ldi. Bu o‘yinchini olish uchun Lans shahri klubi Frantsiyaning  “Nansi” jamoasiga 600 ming evro to‘lagandi.

Joriy yilning mart oyida yangilangan reytingda markaziy yarim himoyachining transfer summasi 8 million evroga ko‘tarildi. Yozda “Lans” Nil El-Aynauini “Monako”ga 20 million evro evaziga  sotib yuborishga kelishdi. Biroq bu transfer noma’lum sabablarga ko‘ra oxiriga etmay qoldi.

Ayni paytda Frantsiyada hammaning tiliga Abduqodir Husanov tushgan. O‘zbek legioneri bu mavsum boshidanoq haqiqiy kashfiyotga aylandi. Markaziy himoyachini “Lans” klubi 100 ming evro evaziga Belarusning “Energetik-BGU” jamoasidan olib kelgan.

20 yoshli futbolchi hozir bosh murabbiy Uill Still jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi darajasiga ko‘tarilib oldi va nazarga tushdi.

“Lans” arzonga olgan bu ikki o‘yinchi Evropada transfer siyosatiga ta’sir ko‘rsata boshladi. Bularning o‘yiniga qarab, “transferlar oynasi davrida ko‘p millionli xarajatlarga qo‘l urish shartmikin?”,  degan haqli savol tug‘iladi, - deb yozdi jeunesfooteux.com sayti eksperti Loik Jego.

Abduqodir Husanov yangi mavsumda muntazam boshlang‘ich tarkibda o‘ynamoqda. Hozirga qadar Frantsiya chempionatida ettita va Konferentsiyalar ligasida ikkita uchrashuvda ishtirok etib, aksariyat o‘yinlarda jamoasining eng yaxshi futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Shomurodov gol urmasa bo‘lmaydi...

Shomurodov va 178 nafar futbolchi bo‘yicha ma’lumot chiqdi

Fayzullaev Evropaga ketsin!

Husanov “Lans”ni Frantsiyada birinchi, Evropada to‘rtinchi o‘ringa ko‘tardi

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!