Husanov, “Real”ga o‘tasanmi yoki “Manchester Siti”ga?

  • 8 yanvar, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada Abduqodir Husanovning yangi jamoasi nomini bilib olishimiz mumkin. Chunki qishki transferlar oynasi atigi bir oy davom etadi xolos.

Tecno

“Lans” o‘z o‘yinchisiga da’vogarlar ko‘pligidan foydalanib, savdoning ajoyib strategiyasini tanladi va qaysi klub ko‘p pul to‘lasa, Husanovni o‘sha jamoaga jo‘natishini kutilmoqda. Klub bosh direktori Per Dreossi o‘zbek legioneri qishki transferlar oynasi davomida klubdan ketishini ma’lum qilgani ham lansliklarning maqsadi g‘aznaga pul tushirish ekanidan dalolat beradi.

“Lans” tarixida hali birorta futbolchi qisqa muddatda o‘z salohiyatini bu qadar yorqin namoyon etib, da’vogarlarning turnaqator navbatlariga sababchi bo‘lmagan. Ayniqsa, hammaning diqqat markazida turgan Abduqodir Husanovning atigi 100 ming evroga transfer qilinganini inobatga olsak, har qanday savdo frantsiyaliklarga katta daromad keltiradi.

Nufuzli manbalardan biri – footmercato.net portalining yozishicha, “Lans” ham o‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritganida oradan bir yarim yil o‘tib, bu o‘yinchining Evropaning yigirmaga yaqin klublari o‘rtasida talash bo‘lishini kutmagan. Shunchaki, Abduqodirni Kevin Dansoga o‘rinbosar sifatida ko‘rishgan va 2027 yilning yarmigacha o‘ynatib, vaziyatga qarab, boshqa jamoalarga pullash rejasi bo‘yicha ish ko‘rilgan.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda Husanov transferi bilan mashhur agent Jorje Mendesh shug‘ullanyapti. “Lans” bosh direktori Per Dreossi va sport direktori Diego Lopes Jorje Mendeshni o‘zbek futbolchi transferini uyushtirish uchun maxsus yollagan.

Portugaliyalik mutaxassis bir necha klublar, xususan, PSJ, “Manchester Siti” va “Real” kabi Frantsiya, Angliya, Ispaniyaning amaldagi chempionlari bilan transfer borasida dastlabki muzokaralarni o‘tkazib bo‘ldi. Navbatda yana bir qancha da’vogarlar bor.

- Abduqodir Husanov o‘z mahorati va salohiyati bilan hammaning e’tiborini qozondi.  Yosh bo‘lishiga qaramay, Frantsiya futbolida namoyish etayotgan ustun jihatlari, boshqa klublar nazari va e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. O‘zbek futbolchisini qo‘lga kiritishni maqsad qilgan klublar soni tezlik bilan oshib bormoqda.

Frantsiya transfer bozori bugun  Abduqodir Husanov atrofida aylanmoqda. 20 yoshli o‘zbek himoyachisi ajoyib jismoniy ko‘rsatkichlar va texnik sifatlarga ega futbolchi hisoblanadi. Uning 2023 yilning yozida “Lans” safiga qo‘shilganidan beri progressiv tarzda rivojlanib borayotgan o‘yini “Manchester Siti” va “Real” kabi grandlarni ham o‘ziga qaratdi, - deb yozmoqda footmercato.net portali eksperti Ivan Vargas.

Husanov uchun kurashayotgan klublar orasida eng mashhurlari “Manchester Siti” va “Real” ekaniga hech qanday shubha yo‘q. Har ikki klub tarkibdagi vaziyat va muammolardan kelib chiqib, jamoada uzoq muddat o‘ynashi mumkin bo‘lgan markaziy himoyachi xizmatiga katta ehtiyoj sezmoqda.

Abduqodir – Liga 1ning eng zo‘r markaziy himoyachilaridan. Grand klublar, xususan “Manchester Siti” va “Real” uchun ham bu muammoli pozitsiya.

Xosep Gvardiola jarohat tufayli Jon Stounz va Ruben Diash kabi markazi himoyachilaridan foydalana olmayapti. Natan Ake va Manuel Akandji har doim ham ishonchli oqlay olmaydi. Pep suyanib kelayotgan yagona sog‘lom markaziy himoyachi Yoshko Gvardiol.

“Shaharliklar” noyabr oyidan beri 26 ta gol o‘tkazib yubordi. “Top-5” ligalarida faqat “Xaydenxaym” manchesterliklardan ko‘p gol o‘tkazgan xolos. Ekspertlar “Manchester Siti”ning yaqinda yuz tutgan muvaffaqiyatsizliklarining sabablaridan biri markaziy himoyadagi muammolar ekanini ta’kidlamoqda.

“Real”da Eder Militaoning navbatdagi og‘ir jarohatidan keyin yangi, yosh va baquvvat markaziy himoyachi ehtiyoj tug‘ildi. Bu pozitsiyani yopishga harakat qilgan Orele Tchuameni ham, Raul Asensio ham bu ishni uddalay olmadi. Tez orada David Alaba himoya markazidan joy oladi. Biroq uning ham yoshi o‘tib qolmoqda va bir yildan ortiq vaqt mobaynida to‘p tepmagan o‘yinchining kelajagi ham katta so‘roq ostida turibdi. Karlo Anchelotti yana bir markaziy himoyachi Xesus Valexoga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ygan.

Madridliklar “Tottenxem”dan Mikki van de Ven, “Leyptsig”dan Kastello Lukebani ham kuzatmoqda. Biroq bu o‘yinchilar transferi kamida 60 million evroni talab qiladi. Ulardan qolishmaydigan yangi avlod vakili Husanovning kelishini 25-30 million evroga uddalash mumkin.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti” o‘zbek futbolchisini qishki transferlar uchun asosiy nishon sifatida belgilagan. “Real” esa, jamoadagi asosiy figura Eder Militao xarakteristikasiga mos o‘yinchi olmoqchi va Husanov aynan ana shunday fazilatlarga ega himoyachidir.

Abduqodirning faoliyatini kuzatib borayotgan transfer bo‘yicha mutaxassislar muhim jihatga e’tibor qaratmoqda.

Jumladan, legionerimizni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan nomzodlar orasida yosh iste’dodlar bilan ishlash va ularni Evropa futbolining yangi darajasiga ko‘tarishda katta  tajriba to‘plagan “Bayer Leverkuzen” , “Napoli”, “Yuventus”, “Borussiya Dortmund”, “Nyukasl”, “Tottenxem” kabi klublar bor.

Ayrim mutaxassislar Husanov “Real” yoki “Manchester Siti”ga o‘tishidan avval, aynan mana shu yuqorida nomi keltirilgan klublar darajasidagi jamoalarda mahoratini charhlagani ma’qul ekanini ta’kidlamoqda.

Hurmatli muxlislar, siz nima deb o‘ylaysiz, Abduqodir Husanov birdan “Real” yoki “Siti”ga o‘tgani ma’qulmi yoki avval nisbatan reytingi pastroq klublarda tajriba oshirib, keyin “katta sakrash”ni amalga oshirgani to‘g‘ri bo‘ladimi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring...

Fayzullaev otlan, Evropaga ketadigan payt keldi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Алишер Ходжаев
08/01/2025 08:30
Кайси жамоада уйнаш дан катий Назар уйин амалиетига эга булиш кк хали еш деб захирада утирмасин уйининг йукотиши мумкин
&
cegdbndq
07/01/2025 22:02
Аклан етишган уйнап кета алади Ман Ситини танлагани макул деп уйлайман Гвардиола жамоани узгартирса хам уни алип кетади кейиншалик тажриба артирип Миллий жамоамизга тренер булар Гвадииола дуняда зур Мураббийлардан
Temur Almamatov
07/01/2025 19:35
Xusanov Real Madridda oʼynashga loyiq