
"Humo" xokkeychilari faoliyatini yana bir jamoada davom ettiradi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi himoyachilari Nadir Islyamov hamda Arseniy Eroxin faoliyatini Tolyattining "Lada" jamoasida davom ettiradi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi. Xabarda aytilishicha, har ikkala xokkeychi bilan 1 yillik kelishuvga erishilgan.
Islyamov "qanotlilar" safida 50 bahsda muzga tushgan va 2 ta gol kiritib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishgan edi. Eroxin esa 65 uchrashuvda 4 ta gol kiritgan hamda 12 ta golga assistentlik qilgan.
Ilgariroq, "Toshkent devori" laqabi bilan muxlislar yoqimtoyiga aylangan Roman Smiryagin ham "Lada" bilag kelishuvga erishgani haqida xabar bergan edik. Shu tariqa, "avtozavodchilar" safida "Humo"ning 3 nafar xokkeychisi faoliyat olib boradigan bo‘ldi.
Fikrlar