
"Humo" va "Torpedo-Gorkiy" hujumchilar rokirovkasini amalga oshirdi
Pavel Novojilov Nijniy Novgoroddan Toshkentga yo‘l olgan bo‘lsa, Ivan Bezrukov qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha "Torpedo" safiga ko‘chib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Bezrukov joriy yilgi mavsumda "Humo" safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qildi. U shuningdek, ikki daqiqa jarima vaqtiga ham ega bo‘ldi.
Pavel Novojilov esa 13 bahsda ishtirok etgan bo‘lsada, birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.
Fikrlar