"Humo" tarixiy g‘alaba erishdi!

  • 12 mart, 2020, 23:23
  • 0
  • Xokkey
CHERY AUTO

Toshkentning "Humo" jamoasi Moskvada "Zvezda" mehmoni bo‘ldi va 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 15-daqiqada Vladimir Peshexonov hisobni ochgan bo‘lsa, 29-daqiqada Evgeniy Grigorenko muvozanatni tikladi.

Tecno

33-daqiqada Maksim Kazakovning uzatmasidan so‘ng Ivan Yatsenko mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilishga erishdi - 2:1. Oradan 6 daqiqa o‘tib esa Platon Popov "qanotlilar"ning uchinchi shaybasini kiritdi. 

Uchinchi davr to‘liq moskvaliklar ustunligida o‘tdi va 55-daqiqada Sergey Lapin hisobni qisqartirdi, biroq muvozanatni tiklash uchun ularga vaqt kamlik qildi. Shu tariqa Evgeniy Popixin shogirdlari seriyadagi hisobni 1:1 ko‘rinishga keltirishdi.

Ma’lumot uchun, "Humo" bunga qadar "Zvezda"ga qarshi kechgan 5 ta bellashuvning barchasida (2:7, 2:3 B, 1:2, 0:3, 1:2 OT) ) imkoniyatni boy bergan edi. Bugungi g‘alaba toshkentliklar uchun "armiyachilar" ustidan qozonilgan dastlabki muvaffaqiyat bo‘ldi.

1:0 — Peshexonov Vladimir (Antipov Artyom, Filin Egor), 14:45

1:1 — Grigorenko Evgeniy (Zdunov Pavel, Voronin Artyom), 28:44 son jihatdan ustunlikda

1:2 — Yatsenko Ivan (Kazakov Maksim), 32:22 

1:3 — Popov Platon (Voronin Artyom), 38:53

2:3 — Lapin Sergey (Sorkin Maksim, Penkovskiy Artyom), 54:27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!