
"Humo" safida ikkita shayba kiritgan xokkeychi jamoani tark etdi
Toshkentning "Humo" xokkey klubi hujumchisi Denis Mosharov jamoani tark etdi. Klub matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘zaro kelishgan holatda shartnomani bekor qilishgan.
Ma’lumot uchun, Mosharov "Humo" safida 93-raqam ostida harakat qilar edi va joriy yilgi mavsumda 17 bahsda maydonga tushib, 2 ta shayba kiritishga va 5 ta golga assistentlik qilishga erishgan edi.
Fikrlar