“Humo” Qozog‘iston chempionatida etakchi

CHERY AUTO

Toshkentning “Humo“ xokkey klubi Qozog‘iston chempionatining navbatdagi turida safarda “Aktobe” jamoasiga qarshi ikkita o‘yin o‘tkazdi.

Tecno

Poytaxtimiz xokkeychilari birinchi bahsda mehmonlarni 3:1 hisobida dog‘da qoldirgandi. O‘yinda xokkeychilarimizdan Radel Fazleev, Vadim Kravchenko va Edgars Siksna raqiblar darvozasiga uchta shaybani yo‘lladi.

Ikkinchi uchrashuvda ham “Humo”ning qo‘li baland keldi. Bu gal hamyurtlarimiz “Aktobe“ darvozasiga javobsiz ikkita shayba kiritdi.

Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng “Humo” jamoasi ochkolari sonini 51 taga etkazgan holda turnir jadvalida 51 ochko bilan etakchiga aylandi.

“Torpedo Ust-Kamenogorsk” jamoasi esa 50 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan vaziyatda “Sariarka“ klubi 48 ochko bilan 3-o‘rinda qayd etilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!